Ma'lumot

Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi «2011-2015 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi Qarorga muvofiq tashkil etilgan. Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va o‘z Nizomiga muvofiq O‘zbekiston Milliy kutubxonasi negizida o‘z faoliyatini olib boradi. Respublika yig‘ma elektron katalog markazi va axborot-kutubxona muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, a'zolik to‘g‘risidagi bitim va/yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida olib boriladi