Ishtirokchilar uchun qoida

 
       O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va Respublika yig‘ma elektron katalog markazi Nizomiga asosan respublikadagi axborot-kutubxona markazlari va axborot resurs markazlari a'zo bo‘ladi;
     xorijiy mamlakatlarning axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi mumkin;
        O‘zbekiston Respublikasi hududidagi AKM,  ARM va kutubxonalar uchun bibliografik yozuvlar O’z DSt 2803 2013 va 1215 2009 asosida bo‘lishi;
      Barcha a'zolar bir oyda bir marta bibliografik yozuvlarni markazga elektron shaklda ISO faylda yuborishi;
     Loyiha a'zolari RYEKMning korporativ kataloglashtirish texnologiyasiga rioya qilishi;
     RYEKM dasturida  (onlayn) ishlash uchun markaz bosh ma'muri ruxsati lozim.
     Yig‘ma  elektron katalog loyihasiga a'zo bo‘lishi uchun quyidagi  manzilga murojaat  qilishingiz mumkin.  Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Navoiy ko‘chasi 1-uy,  “Respublika yig‘ma  elektron katalog markazi” Elektron manzili: markaz@natlib.uz